20-iyundan OTMlar tasarrufidagi akademik litseylarga hujjatlar qabul qilinmoqda

18:01 24 Iyun 2019 Jamiyat
290 0

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Joriy yil 20-iyundan OTMlar tasarrufidagi akademik litseylarda 2019/2020 oʻquv yili uchun oʻquvchilardan hujjatlar qabul qilinmoqda.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi matbuot xizmati maʼlumotiga koʻra, akademik litseylarda tashkil etilgan Maslahat kengashlariga oʻquvchilar, ularning ota-onasi yoki ota-onasining oʻrnini bosuvchi shaxslar quyidagilarni taqdim etadi:

– taʼlim yoʻnalishi, oʻquv tili, shakli koʻrsatilgan ariza (chet tilidan saralash imtihoni topshirish belgilangan yoʻnalishlarda arizada qaysi chet tilidan saralash imtihoni topshirish hamda saralash imtihonni oʻtkazish qoidalari bilan tanishganligi koʻrsatiladi);

– shaxsni tasdiqlovchi hujjat (tugʻilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasport) nusxasi;

– 3,5x4,5 sm oʻlchamdagi 6 ta rangli fotosurat.

Tanlovdan tashqari oʻqishga imtiyozli kirish huquqiga ega boʻlgan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar, musobaqalar gʻoliblari asl nusxadagi diplom, sertifikat, guvohnoma yoki boshqa tasdiqlovchi hujjatlarni topshiradilar.

Hujjatlarni qabul qilish 30-iyunga qadar davom etadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?