2 nafar erkakni doʻpposlagan qiz. Holat boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan

10:25 08 Sentyabr 2020 Jamiyat
647 0

2020-yilning 25-iyun kuni soat 17:30 da 23 yoshli G.A. jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, jamoat joyi hisoblangan Norin tumani(Namangan viloyati) Zarbdor MFY hududidan oʻtgan avtomobil yoʻlida 33 yoshli U.A. ni hech bir sababsiz qasddan qoʻllari bilan urib, oyoqlari bilan tepib, doʻpposlab tan jarohati yetkazgan.

Bundan tashqari, G.A. oʻzining jinoiy hatti-harakatlari davom ettirib, bezorilik harakatlarini oldini olayotgan 30 yoshli A.N., ga faol qarshilik koʻrsatib, uning yuz qismiga qoʻllari bilan qasddan bir necha marotaba urgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

"Mazkur holat yuzasidan Norin tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan G.A., ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan hokimiyat vakili yoki jamoatchilik vakiliga yoxud bezorilik harakatlarining oldini olish chorasini koʻrgan boshqa fuqarolarga qarshilik koʻrsatib sodir etilgan bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda" deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?