2-avgust kuni 770 kishida koronavirus aniqlandi. 1200 dan ortiq bemor sogʻayib, yangi rekord oʻrnatildi

00:18 03 Avgust 2020 Jamiyat
452 0

Shu yilning 2-avgust kuni mamlakatimizda 770 holatda kasallik qayd etilgan boʻlib, shundan 99 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 671 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 5 nafar, Andijon viloyatida 1 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Avval xabar qilganimizdek, Toshkent shahri, Samarqand, Qashqadaryo, Buxoro, Andijon, Toshkent, Surxondaryo, Namangan, Sirdaryo, Fargʻona hamda Xorazm viloyatlarida jami 1 208 nafar bemor sogʻaydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 25 553 nafar bemordan 16 507 nafari sogʻayib, davolanish koʻrsatkichi 64 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 8 893 nafar bemordan 564 nafari ogʻir, 215 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 72 700 nafar, statsionar karantinda esa 20 536 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda boʻlib turibdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?