2 694 nafar nogironligi boʻlgan shaxs 184,0 mln. soʻm yer soligʻidan ozod qilindi

14:32 11 Fevral 2019 Jamiyat
163 0

Bosh prokuratura tomonidan nogironligi boʻlgan fuqarolarning mol-mulki va yer uchastkasiga nisbatan soliq imtiyozlarining qoʻllanishi ahvoli oʻrganildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlumot uchun. Soliq kodeksiga koʻra, I va II guruh nogironlarining 60 kv.m.gacha boʻlgan mol-mulkiga soliq solinmaydi hamda ular yer soligʻidan toʻliq ozod qilingan.

Monitoring natijasida quyidagilar aniqlandi:

Soliq kodeksiga asosan 121 493 nafar nogironligi boʻlgan shaxslarga mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyoz qoʻllanilib, 116 629 nafari yer soligʻidan ozod qilingan.

Oʻrganish davomida 2 944 nafar (2,4 foiz) nogironligi boʻlgan shaxslarga soliq imtiyozlari qoʻllanilmasdan qolganligi aniqlandi.

Ushbu holatning kelib chiqishiga:

– soliq, moliya, kadastr idoralari, pensiya jamgʻarmalari va tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarining soliq imtiyoziga ega boʻlgan nogironligi boʻlgan shaxslar haqida oʻzaro maʼlumot almashinuvi toʻgʻri yoʻlga qoʻyilmaganligi;

– soliq imtiyozlari bilan bilan bogʻliq targʻibot tadbirlarining yetarlicha oʻtkazilmaganligi sabab boʻlgan.

Oʻrganish natijasida:

– 2 944 nafar nogironligi boʻlgan shaxslarga 143,1 mln. soʻm mol-mulk soliq imtiyozi, 2 694 nafariga 184,0 mln. soʻm yer soligʻidan ozod qilinishi;

– jami 2 944 nafar nogironligi boʻlgan shaxslarga 327,1 mln. soʻmlik soliq imtiyozlari qoʻllanilishi taʼminlandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?