18-sentyabrdan Buxoroda yana 10 ta maktab ochiladi 

22:21 17 Sentyabr 2020 Jamiyat
345 0

Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlari, tibbiyot birlashmalarining xulosalari, oʻqituvchilardan olingan test natijalari hamda Xalq deputatlari tuman Kengashlarining tegishli qarorlariga koʻra, umumtaʼlim maktablari bosqichma-bosqich anʼanaviy taʼlim shakliga oʻtmoqda. 18-sentyabr kuni Buxoro viloyatining quyidagi yana 10 ta umumtaʼlim maktabi faoliyat boshlaydi:

Kogon tumanidagi 7-, 18- umumtaʼlim maktablari

Buxoro tumanidagi 35-, 36-umumtaʼlim maktablari;

Vobkent tumanidagi 33-umumtaʼlim maktabi;

Peshku tumanidagi 6- umumtaʼlim maktabi

Gʻijduvon tumanidagi 13-, 20-, 24-, 25-umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarni oʻz bagʻriga oladi.

Ayni paytda anʼanaviy tarzda faoliyat boshlagan taʼlim muassasalariga faqat 1-4-sinf oʻquvchilari jalb etilmoqda.

Roʻyxatga kiritilmagan maktablarga vaziyatga koʻra, bosqichma-bosqich oʻz faoliyatini boshlashiga ruxsat beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?