18 million soʻmlik tilla taqinchoqlarni oʻgʻirlagan shaxslar qoʻlga olindi

10:09 22 Avgust 2019 Jamiyat
70 0

Illyustrativ foto

Buxoro shahri B.Naqshband koʻchasida yashovchilar, 23 yoshli T.A va 20 yoshli S.I. tekin boylik orttirish maqsadida jinoyat sodir etish yoʻliga oʻtgan. Ular Buxoro shahar Turon koʻchasida yashovchi fuqaro Z.Q.ning yashash uyida hech kim yoʻqligidan foydalanib, uyiga darvozani ochish orqali gʻayriqonuniy ravishda kirib, yotokxonasida boʻlgan jami bahosi 18.211.863 soʻmlik 7 turdagi tilla taqinchoqlarni va 500.000 soʻm nakd pullarni oʻgʻirlab, voqea joyidan yashirinishgan. Bu haqda Buxoro IIB xabar berdi.

Jabrlanuvchini murojaati asosida zudlik bilan tezkor choralar koʻrilib, oʻgʻrilar qoʻlga olindi. Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?