177 nafar Oʻzbekiston fuqarosi Misrdan olib chiqildi

13:58 18 Mart 2020 Jamiyat
170 0

Arxiv surat

2020-yil 18-mart kuni Misrda boʻlgan 177 nafar oʻzbekistonlik yoʻlovchilarni keltirish uchun “Sharm ash-Shayx — Navoiy” charter reysi tashkil etildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Oʻzbekistonning Qohira shahridagi elchixonasi TIVning Operativ shtabi va mamlakatning Transport va Sogʻliqni saqlash vazirliklari bilan birgalikda, 2020-yil 18-mart kuni Misrda boʻlgan 177 nafar oʻzbekistonlik yoʻlovchilarni keltirish uchun “Sharm ash-Shayx — Navoiy” charter reysini tashkillashtirgan.

Oʻzbekiston Respublikasining Misr Arab Respublikasidagi elchixonasi Shtabining aloqa maʼlumotlari:

elchi Oybek Usmonov, +20233364516;

Sherzod Yoqubov, 2-kotib, +20233364516, +201024532719;

Durbek Xolbekov, 2-kotib, +20233364516, 201063085419;

Elektron manzil: shtabegypt@gmail.com;

Telegram: @shtabegypt, raqam: +201024532719.

Bundan oldin, Erondan 37 nafar oʻzbekistonlik olib kelingandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?