16-oktyabr — Xalqaro oziq-ovqat kuni

11:08 16 Oktyabr 2020 Dunyo
142 0

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) tomonidan 1979-yilda oʻtkazilgan konferensiyada  ushbu kunni nishonlash taklifi ilgari surilgan

1980-yil 5-dekabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 35-sessiyasida qabul qilingan rezolyutsiyaga muvofiq, har yilning 16-oktyabr kuni “Xalqaro oziq-ovqat kuni” deb eʼlon qilindi. 

Bosh Assambleya mazkur hujjatda hukumatlar, milliy, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlarni ushbu kunni keng miqyosda yuqori darajada nishonlashga chaqiradi.

FAO maʼlumotlariga koʻra, bugungi kunda 2 milliarddan ortiq odam xavfsiz va sifatli oziq-ovqat bilan taʼminlanmagan. 2020-yilda pandemiya sababli ochlikda kun kechirayotgan odamlar soni 690 million kishiga yetgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?