151,8 ming YATT hamda fuqarolarning qariyb 705,9 mlrd soʻm soliq qarzidan kechilishi kutilmoqda

13:25 24 Avgust 2018 Iqtisodiyot
306 0
Illyustrativ foto

Prezidentimizning 2018 yil 27iyuldagi “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi Farmoni mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini kengaytirish, soha vakillariga imkoniyat berishga xizmat qiluvchi navbatdagi muhim hujjatlardan biri boʻldi. Jumladan, mazkur farmonga koʻra, byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish, tadbirkorlik subyektlarini himoya qilishning huquqiy mexanizmlarni yanada kuchaytirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash borasida bir qator vazifalar belgilab berildi. Bu haqda Davlat soliq qoʻmitasida boʻlib oʻtayotgan yigʻilishda aytib oʻtildi.

Farmonga binoan, joriy yilning 1 apreliga qadar yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxslarga, moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan (shu jumladan,faoliyatini vaqtincha toʻxtatgan)yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda davlat roʻyxatidan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanganligi uchun bir yillik qatʻiy belgilangan soliq summasi hisoblangan jismoniy shaxslarning 2019 yil 1 yanvarga qadar muddatda tadbirkorlik faoliyatini tiklangan yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan hollarda qatʻiy belgilangan soliqlar, moliyaviy jarima hamda penyalar hisobdan chiqarilishi belgilandi.

Bugungi kungacha olingan tahlillarga koʻra, 151,8ming nafar yakka tartibdagi tadbirkor hamda fuqarolarning qariyb 705,9milliard soʻm soliq qarzidan kechilishi kutilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?