15 nafar yurtdoshimiz oʻz uyiga ega boʻldilar

09:37 24 Avgust 2020 Jamiyat
168 0

Bugun hamyurtlarimiz har doimgidan ham koʻproq eʼtiborga muhtoj. Bunday paytda ham moddiy, ham maʼnaviy yordamning, hattoki, bir ogʻiz shirin soʻzning oʻzi naqadar yuksak eʼtibor ekanligi yana-da oydinlashadi. Xoʻjaobod tumanida istiqomat qiluvchi 15 nafar turar-joyga ehtiyojmand, nogironligi mavjud boʻlgan shaxslar ham respublikamiz Mustaqillik bayramini yangi uylarda qarshi olayotganlaridan benihoya xursandlar.

— Xayr-ehsonning yaxshisi bu qiyinchilik va muhtojligi bor haqli odamlarga yaxshilik qilishdir, — deydi tumandagi “Yetti chinor” jome masjidi imom noibi Muhammadquddus Abdulmannon.-Hukumatimiz tomonidan mamlakatimiz aholisining har tomonlama qoʻllab-quvvatlanishi yurtimizga yogʻilajak rahmat, fayzu barakot belgisidir. Har kimni savobli ishlar ado etmoqqa qodir qilsin!

Yangi uy sohiblariga shuningdek, tibbiy xizmatdan bahramand boʻlish, ish joyi bilan taʼminlanish kabi amaliy yordam koʻrsatildi.

Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?