1,5 mlrd. so‘mdan ortiq tamaki mahsulotlarining mamlakatimizga noqonuniy olib kirilishining oldini olishdi

16:25 07 May 2018 Jamiyat
402 0
Foto: bojxona.uz

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari DXX va DCHQQ xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda qo‘shni davlatdan “Andarxon” chegara bojxona posti orqali qiymati umumiy qiymati 1 mlrd. 509 mln. so‘mlik tamaki mahsulotlarini mamlakatimizga olib kirilishining oldini olishdi.

O‘tkazilgan tadbir davomida 199 500 quti xorijda ishlab chiqarilgan, aksiz markalari bo‘lmagan tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil tariqasida olindi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?