14 nafar yosh olim Germaniya tadqiqot institutlarida malaka oshiradi

15:01 17 Sentyabr 2019 Jamiyat
399 0

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Germaniyaning taʼlim va tadqiqotlar boʻyicha federativ vazirligi bilan hamkorlikda 14 nafar puxta tadqiqot rejasiga ega oʻzbekistonlik yosh olimlarni Germaniya tadqiqot institutlarida ikki hafta davomida malaka oshirishlari uchun saralab oldi.

2019-yilning 31-avgustiga qadar 86 nafar nomzod ushbu dasturga qiziqish bildirib onlayn tarzda ariza topshirdi. Hujjatlar Innovatsion rivojlanish vazirining germaniyalik yuqori martabali maslahatchisi Karsten Xayns boshchilik qilgan, vazirlik mutasaddi xodimlaridan tashkil topgan komissiya tomonidan koʻrib chiqildi va tanlov mezonlari asosida baholandi. Natijalarga koʻra, tanlovning ikkinchi bosqichiga taklif qilingan 22 nafar yosh olim suhbatdan oʻtkazildi. Sinovdan muvaffaqiyatli oʻtgan 14 nafar yosh olimga Germaniya tadqiqot institutlarida ikki hafta davomida malaka oshirishlari uchun grant dasturi boʻyicha yoʻllanma berildi.

(“Xalq soʻzi”).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?