14 mart kuni mamlakatimizda havo harorati tushib ketishi mumkin

16:11 12 Mart 2018 Jamiyat
389 0

O’zbekistonda 14 martda havo harorati joylarda 7 darajagacha tushib ketishi kutilayapti. 
“O’zgidromet” markazi xabariga ko’ra, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ob-havo o’zgarib turadi, 13 mart kuni yomg’ir yog’adi. Havo harorati kechasi 0...Q5, ayrim joylarda 1...-3, kunduzi 7-12 daraja iliq bo’ladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog’ingarchilik bo’lmaydi. Harorat 14-16 mart kunlari kechasi 2...-7 daraja bo’lsa, kunduzi esa 10 darajagacha iliydi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham yog’ingarchilik bo’lmaydi. Harorat kechasi 0... Q5, ayrim joylarda 1...-3 daraja bo’ladi. 14-15 mart kunlari kunduzi 5-10 daraja, 16-17 mart kunlari 12-17 darajagacha ko’tariladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kechasi 5-10 daraja iliq bo’lsa, ayrim joylarda 1...-3 sovuq harorat kuzatiladi. 14 mart kuni kunduzi 7-12, 15-17 mart kunlari 15-20 darajagacha isiydi.   
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?