+136! Yurtimizning 6 ta hududida koronavirus bilan bogʻliq yangi holatlar qayd etildi

09:59 07 Oktyabr 2020 Jamiyat
246 0

2020-yil 7-oktyabr soat 10:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 59 579 (+136) nafarni tashkil etmoqda. 

Yangi kasallanish holatlarining: 
— 93 nafari Toshkent shahrida, 
— 16 nafari Fargʻona viloyatida, 
— 8 nafari Toshkent viloyatida, 
— 7 nafar Qashqadaryo viloyatida, 
— 7 nafar Xorazm viloyatida, 
— 5 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. 

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 56 165 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sogʻaygan. 

Hozirda mamlakatimizda 2 923 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?