124 km.lik “Qarshi-Kitob” temir yoʻl liniyasini modernizatsiya qilish va elektrlashtirish loyihasi toʻliq nihoyasiga yetkazildi

15:46 25 Avgust 2018 Jamiyat
317 0
Foto: Oʻzbekiston temir yoʻllari

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari umumiy uzunligi qariyb 124 kilometrdan iborat boʻlgan “Qarshi-Kitob” temir yoʻl liniyasi loyihani qisqa fursatda sifatli qilib amalga oshirdi. Bu haqda “Xalq soʻzi” muxbiri Said Rahmonov xabar bermoqda.

Ushbu yoʻnalishda vokzallar yangidan qurilib, stansiyalar rekonstruksiya qilindi. Shuningdek, 2 ta koʻprik, 20 ga yaqin sunʻiy inshootlar bunyod etildi. Qurilish ishlariga 100 ga yaqin zamonaviy texnikalar, 300 nafardan ziyod tajribali mutaxassislar jalb qilindi. Eʻtiborli jihati shundaki, soha energetiklari tomonidan loyiha doirasida rejalashtirilgan 94 km. masofaga temir beton ustunlari oʻrnatish, ularga konsollar ilish, kontakt simlari tortish kabi barcha ishlar toʻliq yakunlandi. Bundan tashqari, oʻtgan vaqt mobaynida 1 ta nim tortish stansiyasi ham qurib ishga tushirildi.

Jamiyatdan xabar qilishlaricha, bugun “Qarshi-Kitob” oʻnalishida ilk bor elektrovoz hamda “Afrosiyob“ zamonaviy elektropoyezdini harakatlantirib, texnik sinovlar boshlab yuborildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?