120 mln! Krishtianu Ronaldu jamoasini o‘zgartirishi mumkin

15:28 03 Iyul 2018 Sport
853 0

Italiyaning “Yuventus” futbol klubi “Real Madrid” hujumchisi Krishtianu Ronalduni sotib olish uchun jiddiy bel bog‘ladi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, turinliklar futbolchini sotib olish uchun Ispaniya jamoasiga 120 million yevro berishga tayyor bo‘lib turibdi. Agar kelishuv amalga oshsa, Ronalduga yiliga 30 million yevro maosh va’da qilinmoqda.

Ma’lumot uchun, Ronalduning “Real” bilan shartnomasi tugashiga bir necha yil vaqt bor. Shuningdek uning bitimida tovon puli sifatida 1 milliard yevro ko‘rsatilgan. Ammo ikkala tomon ham kelishgan holda bu summani tushirishi mumki.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?