12 yoshli bolakay eng yirik universitetlardan birining talabasiga aylandi

12:54 03 Avgust 2018 Dunyo
829 0
Foto: UNAM

Meksikada 12 yoshli Karlos Antonio Santamariya Milliy avtonom universiteti talabasiga aylandi, deb xabar berdi mazkur ta’lim maskani rasmiy sayti. Bu mamlakat va ushbu oliy o‘quv yurti tarixidagi shu kabi ilk voqeadir.

Bolakay to‘qqiz yoshidan buyon o‘zi o‘qishga kirgan OO‘Yuda kurslarga qatnab, tahliliy kimyo, biokimyo va molekulyar biologiyadan ma’lum bilim darajalariga erishgan. Yaqin orada u biotibbiyot fizikasini o‘rganishni boshlaydi.

- U auditoriya eshiklarigacha ota-onasi olib keladigan yagona talabaga aylanadi, - deyiladi xabarda.

Santamariya yetuklik attestatini olish uchun muddatidan oldin sinovdan o‘tishiga to‘g‘ri keldi. Tabiiyki, uni muvaffaqiyatli yakunladi.

- Men shunchaki o‘qishni xohlayman, agar bu yo‘lda menga eshikni yopib qo‘yishsa, derazadan oshib kiraman, - deydi 12 yoshli vunderkind.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?