11 ta qonun va 2 ta kodeks talablari Soliq kodeksiga moslashtirilmoqda

12:11 21 Oktyabr 2020 Siyosat
171 0

Oliy Majlis Senatining sakkizinchi yalpi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni muhokama markazida boʻldi.

Mazkur Qonun bilan amaldagi 11 ta qonun va 2 ta kodeks talablari Soliq kodeksiga moslashtirilmoqda.

Jumladan, “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi, “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi, “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi kabi qonunlar va Byudjet kodeksiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgan.

Yangi tahrirdagi Soliq kodeksining amalga kiritilishi tadbirkorlik subyektlari uchun qator qulayliklarni yaratmoqda.

Xususan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirish kiritilib, tadbirkorlar va fermer xoʻjaliklarini tekshirishning amaldagi tartibi bekor qilinib, tekshirish talabi Soliq kodeksiga moslashtirilmoqda.

Endi tadbirkorlik subyektlarini tekshirish “xavfni tahlil etish” tizimi natijalari asosida amalga oshirilishi nazarda tutilmoqda.

Bundan buyon soliqlarning kameral tekshiruvidan boshqa barcha tekshirishlar elektron tizimda roʻyxatga olinadi.

Qonunning maʼqullanishi amalda bir-biriga zid boʻlgan qonunchilik talablariga barham beribgina qolmay, tadbirkorlik subyektlari va aholiga qulaylik yaratadi va xorijiy investorlarni jalb qilishga xizmat qiladi.

Qizgʻin muhokamalardan soʻng mazkur Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?