11 mln. so‘m va 22 ming dollarni aldab o‘zlashtirgan firibgar ushlandi

15:46 20 Iyul 2018 Jamiyat
243 0
Illyustrativ foto

4 iyul kuni Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumani “Bobur” MFYda yashovchi F.R. IIBga firibgarlik bo‘yicha murojaat qildi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Jabrlanuvchi murojaatida, shu yil 5 may kuni “Pamuza” MFYda yashovchi M.A. unga Turkmanistondan arzon narxda avtomobil ehtiyot qismlarini olib kelib berishini aytib, aldash yo‘li bilan 11 mln. so‘m va 22 ming AQSH dollarini olgani va va’dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganini ma’lum qilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida M.A. qo‘lga olingan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?