100 yoshli urush qatnashchisiga Prezident sovgʻasi – “Damas” avtomashinasi berildi

10:17 13 May 2019 Jamiyat
327 0

Foto: "Xalq so'zi"

Butun mamlakatimizda boʻlgani kabi Buxoro viloyatida ham muborak Ramazon kunlarida keksalar, koʻmakka muhtoj fuqarolarga mehr – oqibat koʻrsatish, ular tashvishlarini yengillashtirish yumushlari davom etmoqda. Ayniqsa, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari alohida eʼzozda.

Buxoro shahridagi Abdurauf Fitrat mahalla fuqarolar yigʻini hududida istiqomat qiluvchi 100 yoshli urush qatnashchisi Ahmad Gʻulomovga Prezident sovgʻasi – “Damas” avtomobili topshirilgani fikrimiz tasdigʻidir.

- Uyimizda har kuni bir bayram,-deydi otaxon. — Prezidentimizning bayram tabrigi, pul mukofotlarini, viloyat hokimligi tuhfalarini olib boshimiz koʻkka yetdi. “Damas” avtomobili ajratilganini aytmaysizmi? Nevaralarim “Sizni bu mashinaga chiqarib, Buxoroyi sharifni tomosha qildiramiz,” deyishmoqda. Qoʻni – qoʻshnilar “Bu mashina yaxshi kunlarga buyursin” deb ezgu tilaklar bildirishyapti. Bu eʼtibor va gʻamxoʻrlik umrimga umr qoʻshmoqda. Ilohim, yurtimiz tinch, xalqimiz turmushi yanada farovon boʻlsin!

Qorovulbozor tumanidagi Boʻston mahallasida yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Mametjuma Navroʻzovga ham Prezident sovgʻasi – “Damas” rusumli avtomashina tuhfa qilindi.

Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?