1 yoshli farzandini sotayotgan ona qoʻlga olindi

14:29 03 Sentyabr 2020 Jamiyat
465 0

2020-yilning 1-sentabr kuni IIB va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, 24 yoshli G.S. (ayol) voyaga yetmagan 1 yoshli farzandi Sh.T. ni 1.500 AQSH dollariga sotishga kelishib, Fargʻona shahar Sh.Rashidov koʻchasida farzandi uchun kelishilgan puldan 500 AQSH dollari miqdordagi pullarni olayotgan vaqtida ushlangan hamda undan oʻrnatilgan tartibda kimyoviy ishlov berilgan pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi «a» bandi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. G.S., mazkur jinoyat ishi boʻyicha gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?