1 yoshli bolani 1 000 dollarga sotmoqchi boʻlgan ona qoʻlga olindi

16:48 07 Noyabr 2018 Jamiyat
339 0
Illyustrativ foto

Joriy yilning 5 noyabr kuni Toshkent shahar IIBB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi va Bosh Prokuratura huzuridagi IJQK Departamenti xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir bola savdosining oldi olindi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, shu kuni Xorazm viloyati Xazorasp tumanida yashovchi 20 yoshli N.Yo. (ismli ayol) Toshkent shahar Yashnobod tumanida joylashgan “Iltifot” qahvaxonasida 2017 yil 4 noyabr kuni tugʻilgan oʻgʻlini 1 000 AQSH dollariga sotib yuborayotgan vaqtida qoʻlga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?