1-yanvardan boshlab bekor qilinadigan litsenziyalanadigan faoliyat turlari roʻyxati eʼlon qilindi

23:09 24 Avgust 2020 Jamiyat
572 0

2021-yil 1-yanvardan boshlab bekor qilinadigan litsenziyalanadigan faoliyat turlari roʻyxati tasdiqlandi. Bu haqda 2020-yil 24-avgustdagi Prezident Farmoniga ilovada keltirib oʻtilgan.

Roʻyxat:

Auditorlik faoliyati;

Audiovizual asarlarni, fonogrammalarni va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash faoliyati;

Fonogrammalarni tayyorlash faoliyati;

Qimmatli qogʻozlar blankalarini ishlab chiqarish faoliyati;

Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish faoliyatini litsenziyalashda:

- umumiy foydalanish punktlari, shu jumladan qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik subyektlarining umumiy foydalanish punktlari tomonidan maʼlumotlarni uzatish tarmoqlari xizmatlarini koʻrsatish;

- qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlari orqali xizmat koʻrsatish;

- qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan shaharlararo telekommunikatsiyalar tarmoqlari orqali xizmat koʻrsatish;

- qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan xalqaro telekommunikatsiyalar tarmoqlari orqali xizmat koʻrsatish.

Qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional faoliyatni litsenziyalashda investitsiya fondi faoliyati;

Koʻpriklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini litsenziyalashda koʻpriklar va tonnellardan foydalanish faoliyati;

Mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyati;

Axborotning kriptografik himoya vositalarini loyihalashtirish, tayyorlash, ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, taʼmirlash va ulardan foydalanish faoliyatini litsenziyalashda:

- axborotning kriptografik himoya vositalarini loyihalashtirish;

- axborotning kriptografik himoya vositalarini taʼmirlash;

- axborotning kriptografik himoya vositalaridan foydalanish

Baholash faoliyati;

Rieltorlik faoliyati;

Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar harbiy xizmatchilari hamda xodimlarining tasdiqlangan namunadagi formali kiyim-boshi savdosi boʻyicha faoliyat;

Qimmatbaho va nodir metallarni, qimmatbaho toshlarni qazib olish faoliyati;

Farmatsevtika faoliyati (dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish bundan mustasno):

- tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish;

- tibbiy buyumlari tayyorlash;

- tibbiy buyumlarini ulgurji realizatsiya qilish;

- dorivor oʻsimlik xomashyosini qadoqlash va ulgurji sotish.

Yongʻinga qarshi avtomatika vositalarini, qoʻriqlash, yongʻindan darak beruvchi va yongʻindan saqlash signalizatsiyalarini loyihalashtirish faoliyati;

Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalashda:

- yuklarni avtomobil transportida shaharda va shahar atrofida tashish faoliyati;

- yuklarni avtomobil transportida shaharlararo tashish faoliyati.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?