1 sentyabrdan Kinoteatr telekanali HD formatida efirga uzatiladi

10:40 30 Avgust 2018 Jamiyat
572 0

2018 yilning 1 sentyabr kunidan boshlab MTRK tizimidagi “Kinoteatr” telekanali oʻz koʻrsatuvlarini nafaqat SD formatida, balki bugungi texnologiyaning eng soʻnggi yutuqlaridan biri hisoblangan va texnik sifat borasida yuqori tiniqlikni taʼminlaydigan HD formatda ham efirga uzata boshlaydi. Bu haqda kompaniya raisi Alisher Xoʻjayev maʼlum qildi.

Bundan buyon teletomoshabinlar “Kinoteatr” telekanalini yuqori tiniqlikdagi HD formatda koʻrish bilan bir qatorda, ovoz signalini ikki liniyada eshitish imkoniga ham ega boʻladilar.

Binobarin, ovoz signallari boʻyicha yoʻlga qoʻyilgan har bir liniya alohida simmetrik (stereo) tizimga ega boʻlib, teletomoshabinlar oʻzlari uchun maʼqul hisoblagan tilni bemalol tanlashlari mumkin.

Qisqa qilib aytganda, “Kinoteatr” telekanali muxlislari oʻzlari yoqtirgan kinofilmlar va teledasturlarni ikki liniyaga ega boʻlgan ovoz texnologiyasi yordamida oʻzbek va rus tilida tinglashlari hamda texnik sifat jihatidan yuqori tiniqlikdagi HD formatda kuzatib borishlari uchun barcha sharoit muhayyo.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?