1-sentyabrdan E-ticket onlayn chipta savdosi rasman ishga tushirilishi mumkin

17:29 21 Avgust 2019 Jamiyat
219 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash boʻyicha «Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan birgalikda mamlakatimiz va qoʻshni davlatlar shaharlari oʻrtasida transport aloqalarini taʼminlash boʻyicha rejalar ishlab chiqilmoqda. E-ticket onlayn chipta savdosining jismoniy va yuridik shaxslar hamda foydalanish uchun qulay va shaffof boʻlgan tizimini 2019-yilning 1-sentyabriga qadar ishga tushirish jarayoni jadal surʼatlar bilan olib borilyapti. Xususan, ushbu tizim bugungi kunda test rejimida ishlatilmoqda. Bu haqda “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ maʼlum qildi

Shuningdek, chipta harid qilishdagi mavjud muammolar, yaʼni mahalliy va yuqori tezlikda harakatlanadigan “Afrosiyob” yoʻlovchi poyezdlariga chiptalarining tanqisligini bartaraf etish masalasi boʻyicha jami 16 ta qoʻshimcha (“Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi 12 ta, Toshkent – Urganch – Toshkent yoʻnalishida – 4 ta) poyezdlar qatnovi joriy etildi.

“Hurmatli yoʻlovchilar! Chipta harid qilish jarayonida biror bir noqonuniy xatti-harakatning guvohi boʻlsangiz (71) 299-71-66 raqamli ishonch telefoniga qoʻngʻiroq qiling” deyiladi xabarda .


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?