1-oktyabrdan Oʻzbekiston hududiga aviatsiya, temir yoʻl va avtoyoʻl oʻtkazish punktlari orqali kirib-chiqishga ruxsat berildi

21:28 17 Sentyabr 2020 Jamiyat
590 0

2020-yil 1-oktyabrdan mavjud karantin va sanitariya-gigiyena talablariga qatʼiy rioya etgan holda Oʻzbekiston Respublikasiga aviatsiya, temir yoʻl va avtoyoʻl oʻtkazish punktlari orqali kirib-chiqishga ruxsat berildi.

Avval joriy qilingan cheklovlar bekor qilinadi.

Masʼul idoralarga chet davlatlar mutasaddi idoralari bilan muzokaralar oʻtkazib, barcha turdagi xalqaro qatnovlar (avia, temir yoʻl, avtobus qatnovlari) sonini koʻpaytirish boʻyicha topshiriq berildi.

1-oktyabrdan boshlab, Qozogʻiston, Turkmaniston, Tojikiston va Afgʻoniston bilan chegarada joylashgan avtoyoʻl oʻtkazish punktlari orqali Oʻzbekistonga kirayotgan shaxslar koronavirusga PZR yoki ekspress-test yoxud antigen tekshiruvidan oʻtgan holda 14 kunga mehmonxona yoki uy karantiniga yuboriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?