1 oktyabrdan ishlayotgan pensionerlarga nafaqa puli toʻliq toʻlanadi

18:51 05 Sentyabr 2018 Jamiyat
926 0

1 oktyabridan barcha ishlayotgan pensionerlarga nafaqa puli toʻliq hajmda toʻlanadi. Bu haqda normativ-huquqiy hujjatlari loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan “Fuqarolar pensiya taʼminoti tizimining ijtimoiy adolatliligini va samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori loyihasida nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, 2019 yilning 1 yanvaridan pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan eng yuqori ish haqi miqdori eng kam ish haqining 8 baravaridan 10 baravariga oshiriladi.

Shuningdek, keyingi yil boshiga qadar eng yuqori ish haqi oʻsishi hisobida pensiya miqdori qayta hisoblab chiqilishi kutilmoqda.

Maʼlumot uchun, bugungi kunda Oʻzbekistonda ishlayotgan pensionerlar, ayrim imtiyozli toifalardan tashqari, belgilangan nafaqa miqdoridan 50 foizini olishadi.

Eslatib oʻtamiz, imtiyozli toifadagi nafaqaxoʻrlarga I va II guruh nogironlari, Chernobil nogironlari, mahalla fuqarolari yigʻinlari raislari, diniy taʼlim sohasida ishlayotgan ayollar hamda Ikkinchi jahon urushi ish ishtirokchilari va mehnat veteranlari kiradi.

Oʻzbekiston Prezidentining 2017 yil 28 dekabrdagi “Mehnat faoliyatini olib borayotgan pensionerlarning ayrim toifalariga qulay shart-sharoitlarni yaratish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoniga koʻra pensiyasini toʻliq oladigan nafaqaxoʻrlar doirasi kengaytirilgandi. Yaʼni, faxriy unvonlarga ega mehnat qiluvchi pensionerlar endilikda nafaqa pulini toʻliq miqdorda olishi belgilangandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?