1 noyabrdan “Afrosiyob” tezyurar poyezdi chipta narxlari yana oshiriladi

11:39 18 Oktyabr 2018 Jamiyat
1178 0

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ 2018 yilning 1 noyabridan “Afrosiyob” tezyurar poyezdlariga chiptalar narxini oshiradi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu elektr energiyasi, xomashyo, ehtiyot qismlar uchun barcha xarajatlarni qoplash va xodimlarga raqobatbardosh ish haqini toʻlash uchun zarur chora hisoblanadi.

Narxlarni oʻzgartirish mavjud yoʻnalishlar sonini saqlab qolish va yoʻlovchilarni ijtimoiy ahamiyatga ega yoʻnalishlar boʻyicha tashishda ortiqcha xarajatlarni yoʻqotish imkonini beradi.

Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda Toshkent-Buxoro-Toshkent, Toshkent-Shahrisabz-Toshkent, Toshkent-Samarqand-Toshkent yoʻnalishlarida “Afrosiyob” tezyurar poyezdlarining 4ta sostavi harakatlanmoqda.

Eslatib oʻtamiz, soʻnggi bor “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” aksiyadorlik jamiyati yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdi yoʻl chipta narxlari 15 avgust kunidan boshlab oʻzgarganini maʼlum qilgandi. Chiptalar narxi oʻrtacha 34—35 foizga oshirilgandi.

Qolgan chiptalarning narxi ham oʻrtacha 34-35 foizga oshirilganini koʻrishimiz mumkin. Quyida Afrosiyob elektropoyezdi yangi yoʻl chipta narxlari bilan tanishib olishingiz mumkin:

15 avgustdan boshlab oshirilgan chipta narxlari quyidagicha koʻrinish olgandi:

Toshkent — Samarqand:

VIP-klass – 151 000 soʻm (15 avgustgacha boʻlgan narx — 112 ming soʻm)

Biznes-klass – 105 000 soʻm (78 ming soʻm)

Ekonom-klass – 78 000 soʻm (58 ming soʻm)

Toshkent — Qarshi:

VIP-klass – 209 000 soʻm (15 avgustgacha boʻlgan narx — 155 ming soʻm)

Biznes-klass – 148 000 soʻm (110 ming soʻm)

Ekonom-klass – 108 000 soʻm (80 ming soʻm)

Toshkent — Buxoro:

VIP-klass – 243 000 soʻm (15 avgustgacha boʻlgan narx — 195 ming soʻm)

Biznes-klass – 176 000 soʻm (130 ming soʻm)

Ekonom-klass – 128 000 soʻm (95 ming soʻm).


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?