1-avgustdan “Tulpar-Talgo” poyezdi chiptalariga chegirmalar joriy qilinadi

11:29 23 Iyul 2019 Iqtisodiyot
197 0

“Oʻzbekiston temir yoʻllari”AJga qarashli “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ va “Kazakstan temir joʻli” MK AJga qarashli “Passajirskiye perevozki” AJ rahbariyati tomonidan oʻtkazilgan muzokarada dastlab chipta bahosini pasaytirish masalasi koʻrib chiqildi.

Shunga koʻra, 2019-yilning 1-avgustidan “Kazakstan temir joʻli” MK AJ tomonidan yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Tulpar-Talgo” poyezdining belgilangan tarif bahosiga qoʻshimcha chegirmalar berilishiga qaror qilindi. Yaʼni poyezd joʻnashidan besh sutka oldin chipta xarid qilinsa, “SV” hamda “Kupe” vagonlariga 25 foiz, oʻtiradigan oʻrindiqli vagonlarga 15 foiz, qoʻshimcha yigʻimlarga 53 foiz chegirma beriladi.

Tahlillar natijalaridan soʻng, yaqin kunlarda mazkur poyezdning chipta narxlarini pasaytirish masalasi yana qoʻshimcha ravishda koʻrib chiqiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?