1-avgustdan Oliy taʼlim va qurilish sohalari “korrupsiyasiz soha“ga aylantiriladi

11:44 17 Iyun 2019 Jamiyat
324 0

Illyustrativ foto

Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi Oʻzbekistonda “Korrupsiyasiz soha“ loyihasini ishga tushirdi. Bu haqda Oliy Majlis Senati raisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev komissiyaning kengaytirilgan majlisida gapirib oʻtdi.

Unga koʻra, 2019-yil 1-avgustdan boshlab eksperiment tariqasida, jamoatchilik va yetakchi ekspertlarni, shu jumladan, xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda dastlabki bosqichda kapital qurilish va oliy taʼlim sohalarida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish tashkil etiladi. 2020-yil 1-apreldan boshlab esa, loyiha boshqa sohalarga ham bosqichma-bosqich joriy qilinadi.

"Bu borada asosiy masʼuliyat bugun tarkibi tasdiqlanadigan kapital qurilish hamda oliy taʼlim sohalarida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini tayyorlash va amalga oshirish boʻyicha ishchi guruhlar zimmasiga yuklatiladi.

Mazkur ishchi guruhlar faoliyati nafaqat qayd etilgan sohalarda, balki barcha yoʻnalishlardagi ishimiz samaradorligiga bevosita taʼsir koʻrsatadi. Chunki, har ikkala sohada amalga oshiriladigan ishlar boshqalar uchun namuna vazifasini oʻtaydi", deya gapirgan Senat Raisi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?