1 apreldan Toshkentdagi eskirgan liftlarni yangilash boshlanadi

20:17 14 Mart 2019 Jamiyat
114 0

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Aholi turmushini yaxshilash, ularga yanada qulayliklar yaratish davlat siyosati darajasidadir. Toshkent shahar hokimligi tomonidan poytaxtdagi turarjoy obyektlaridagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

Xususan, joriy yilda koʻp qavatli uy-joylarga zamonaviy liftlarni oʻrnatish ishlari amalga oshiriladi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Lift uskunalarini ishlab chiqaruvchi tashkilot tomonidan koʻp qavatli uy-joy fondiga lift uskunalarini tarmoq jadvali asosida belgilangan muddatlarda yetkazib berish, mazkur ishlarni moliyalashtirish uchun Toshkent shahar mahalliy byudjetidan 23 884,4 mln. soʻm miqdorida mablagʻ ajratilishi rejalashtirilgan.

Maʼlumot uchun, joriy yilning sentabr oyiga qadar Toshkent shahridagi 132 ta eskirgan liftlar “Tashaffus” korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan yangi zamonaviy liftlarga almashtiriladi.

Mazkur ishlarni amalga oshirish 1 aprel kunidan boshlanishi koʻzda tutilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?