1 700 000 foizlik inflyatsiya

14:23 10 Yanvar 2019 Dunyo
1420 0

Venesuelada oʻtgan yil yakunlari boʻyicha inflyatsiya 1 700 000 foizni tashkil etdi. Bu haqda mamlakat parlamenti moliya va iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha komissiyasi rahbari Rafael Gusman tvitterdagi sahifasida maʼlum qildi.

Dekabr oyida inflyatsiya 141,75 foiz oʻsgan. Gusman Venesuela bunday “koʻrsatkich” bilan dunyo tarixida eng yuqori inflyatsiya kuzatilgan uchta davlatdan biriga aylanganini qayd etib oʻtdi.

Uning fikricha, bunday raqamlar “hokimiyatni zoʻrlik bilan tortib olgan va inqirozdan chiqish uchun hech qanday yechim taklif etmayotgan” insonlar dastidan kelib chiqqan.

2018 yilda Xalqaro valyuta fondi Venesuela davlatini, agar hukumat oʻz moliyaviy siyosatini oʻzgartirmasa, inflyatsiya yil oxirgi borib 1 000 000foizga koʻtarilishi haqida ogohlantirgan edi.

Ushbu mamlakat rasmiylari inqiroz mavjudligini tan olishsa-da, bu ichki va tashqi dushmanlar bilan “iqtisodiy urush” oqibati ekanligini aytib kelishadi. Davlat idoralari vaziyat yomonlashgandan beri statistik maʼlumotlarni chop etmay kelyapti.

Bundan oldin moliya sohasi mutaxassisi, dotsent Noy Smit Venesueladagi iqtisodiy tanazzulning asosiy sabablari sanoatni natsionalizatsiya qilish, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi va hokimiyatdagi layoqatsiz boshqaruvchilar ekanligini maʼlum qilgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?