Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida qiymati 27 mlrd dollardan ortiq kelishuvlar imzolandi

12:36 19 Oktyabr 2018 Iqtisodiyot
1130 0
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

18-19 oktyabr kunlarida RF prezidenti Vladimir Putinning Oʻzbekistonga tashrifi munosabati bilan Toshkentda ikki tomon ishbilarmon doiralari ishtirokida “Oʻzbekiston-Rossiya” hududlararo hamkorlik forumi oʻtkazilmoqda.

Oʻzbekiston Iqtisodiyot vazirligi bergan xabarga koʻra, uchrashuvlar va seminarlar yakunlariga koʻra umumiy qiymati 27,1 milliard dollarga teng 785ta bitimlar va memorandumlar imzolandi.

Xususan, savdo-iqtisodiy sohada 1,76 mlrd dollarlik 600 bitim, investitsiya sohasida 25,3 mlrd dollarlik 185 kelishuv imzolangan.

Erishilgan kelishuvlar evaziga Oʻzbekiston va Rossiya vakillari ishtirokida 79ta qoʻshma korxona tashkil etiladi, 23ta yangi savdo uyi ochiladi va Oʻzbekistonda 20ta ulgurji savdo markazlari tuziladi.

Shuningdek, Oʻzbekiston va Rossiyaning sanoat korporatsiyalari sohasidagi hududiy korxonalari oʻrtasida savdo-iqtisodiy masalalarda hamkorlik qilish boʻyicha 1,2 milliard dollarlik 242 bitim hamda qoʻshma investitsion loyihalarni amalga oshirish boʻyicha 1,4 milliardlik 136 bitim imzolangan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?