Koronavirus tufayli aviakompaniyalar milliardlab dollar yoʻqotmoqda

17:55 21 Fevral 2020 Dunyo
487 0

Moliyaviy inqirozdan soʻng oxiri 11 yilda birinchi marta aviakompaniyalar yoʻlovchilar oqimi tushib ketishi bilan bogʻliq muammoga duch kelishi mumkin. Umumiy yoʻqotilgan daromad qariyb 30 mlrd. dollarni tashkil etmoqda, deb yozadi Forbes Russia Xalqaro havo transporti uyushmasi(IATA) maʼlumotlariga tayanib.

Oʻtayotgan yilda aviatsiya tarmogʻida dunyodagi yoʻlovchi oqimi 0,6 foiz kamayishi kutilyapti.

Qayd etilishicha, yoʻqotishlarning asosiy qismi Osiyo-Tinch okeani mintaqasida faoliyat yuritayotgan kompaniyalar “hissasi”ga toʻgʻri keladi. U 27,8 mlrd. dollarga yetishi mumkin. Jumladan, Xitoy bozori daromadining 12,8 mlrd. dollarini qoʻldan boy beradi.

Bunday holat aviakompaniyalarning sof foydasiga qanday taʼsir etishi haqida gapirishga hali erta, deyiladi IATA maʼlumotida.

“Biz hozircha epidemiya aynan qanday tarqalishini bilmaymiz, — deyiladi, jumladan, unda. — ... Hukumatlar soliq va valyuta siyosatini (virusning) iqtisodiy effektini kompensatsiya qilishga urinish yoʻlida qoʻllashlari mumkin”

Maʼlumotda aviakompaniyalarga bu borada yoqilgʻi narxini kamaytirish bilan yordam berish mumkinligi ham aytib oʻtilgan.

“Joriy yil aviaqatnovlar uchun unchalik oson boʻlmaydi”, — dedi mazkur xalqaro tashkilot rahbari Aleksandr de Junyak.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?