Maktablarda “Tarbiya” fani joriy etilishi zarurligi taʼkidlandi

13:39 24 Avgust 2019 Jamiyat
203 0

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 23-avgust kuni xalq taʼlimi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod maʼnaviyatini yuksaltirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda maktablardagi maʼnaviy-tarbiyaviy ishlarni yangicha asosda tashkil etish, “Milliy gʻoya”, “Odobnoma”, “Dinlar tarixi”, “Vatan tuygʻusi” kabi fanlarni birlashtirgan holda, yagona “Tarbiya” fanini joriy qilish zarurligi qayd etildi. Maktablarga buyuk allomalar, davlat va siyosat arboblari, mashhur sarkarda ajdodlarimizning nomlarini berish muhimligi taʼkidlandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?