Mahalliy bozordagi bolalar oziq-ovqatlarining 90 foizidan ziyodi – chetniki. Nega?

15:30 01 Iyul 2019 Iqtisodiyot
269 0

Bunga Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga qoʻyilgan 2025-yilgacha oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish konsepsiyasi loyihasidan javob topish mumkin.

Unda bolalar oziq-ovqatlari Oʻzbekistonda oziq-ovqat taʼminotining eng zaif tomoni ekanligi qayd etilgan.

Buning asosiy sababi – mazkur sohada mahalliy ishlab chiqarishning past darajada ekanligidir. Masalan, respublikamizga 3300 tonna bolalar ozuqalari olib kirilayotgan bir paytda, mahalliy ishlab chiqarish 49,6 tonna tashkil etmoqda.

Bu kabi oziq-ovqat mahsulotlari importining katta hajmda(90 foizdan ziyodi) ekanligi esa aholining eng koʻmakka muhtoj qatlami – yosh bolalarning tashqi bozorga bogʻliqlik xatarini yuzaga keltiryapti.

Shu munosabat bilan konsepsiya loyihasida mahalliy kompaniyalarning oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida dunyoda mashhur boʻlgan brendlar bilan hamkorligini faollashtirish nazarda tutilyapti. Xususan, Germaniyaning Humana va Hipp kabi bolalar ozuqalari ishlab chiqaruvchilari bilan.

Bundan tashqari, hujjat loyihasida bu kabi ishlab chiqarishlarni yoʻlga qoʻyishda Toshkent va Andijon viloyatlarida yaxshi imkoniyatlar mavjudligiga ham toʻxtalib oʻtilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?